23-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri, Hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Devid Kemeronni qabul qildi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

“Suhbatimiz samarali va mazmunli bo‘lib, barcha sohalar bo‘yicha aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan asosiy vazifalarni belgilash imkonini berdi”, — dedi vazir.

бахтиёр саидов, бuюк британия, дэвид кэмерон

Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy e’tibor iqtisodiy munosabatlarni jadallashtirishga qaratilgan.

“Britaniya tomonining ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni va ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini qadrlaymiz”, — dedi Baxtiyor Saidov.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar keng qamrovli sherikchilik to‘g‘risidagi deklaratsiya hamda mintaqaviy va xalqaro bog‘liqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzoladi.

бахтиёр саидов, бuюк британия, дэвид кэмерон

Avvalroq “Gazeta.uz” Devid Kemeronning kolonkasini e’lon qilgandi. U O‘zbekistonga tashrifi oldidan o‘z maqolasida hamkorlikni yangi darajaga ko‘taradigan uchta ustuvor yo‘nalish haqida yozgan.

Kemeron Toshkentga Markaziy Osiyoning barcha beshta davlati va Mo‘g‘ulistonga rasmiy tashrifi doirasida keldi. U allaqachon Tojikiston va Qirg‘izistonda bo‘lib, u yerda prezidentlar Emomali Rahmon va Sadir Japarov bilan uchrashgan.