7-may kuni Apple o‘z planshetlarining yangi modellari — iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi.

iPad Air

iPad Air kompaniyaning cho‘ntakbop va ixchamroq plansheti hisoblanadi. Kompaniya o‘z tarixida birinchi bor uni ikki xil o‘lchamda chiqarishga qaror qildi: qayta dizaynlashtirilgan 11 dyumli va yangi 13 dyumli qurilmalar. Apple kattaroq o‘lchamdagi devays foydalanuvchilarga ishlash, o‘qish va o‘yinlar o‘ynashda kattaroq ekran kerak bo‘lishi mumkinligidan kelib chiqib taqdim etilayotganini qayd etdi. Pro modelidagi qurilmalarda xaridorlarning yarmi kattaroq ekranga ega iPad`larni tanlayotgani bunga turtki bo‘lgan.

Skrin: YouTube / AppleSkrin: YouTube / Apple

iPad Air Center Stage deb ataluvchi yangi funksiya qo‘shilgan bo‘lib, u videoqo‘ng‘iroqlar vaqtida old kameradagi tasvirni rostlab turadi va tasvirda barchani to‘liqroq ko‘rsatishga harakat qiladi. Qurilma 4 ta rangda sotuvga chiqariladi (new blue, new purple, starlight, space gray).

apple, ipad

Ikkala model ham M2 chipiga ega, bu avvalgi M1 chipiga qaraganda 50 foiz tezroq ishlaydi. Xotira hajmi bo‘yicha 4 xil tanlov mavjud: 128, 256, 512 GB va 1 TB.

apple, ipad

11 dyuymli Air modeli narxi 599 dollardan, 13 dyuymlisiniki esa 799 dollardan boshlanadi. Kompaniya oldindan buyurtmalarni qabul qilishni taqdimot o‘tkazilgan sanadan (7-maydan) boshladi va qurilmalar shu haftadan boshlab xaridorlarga yetkazib berilishi qayd etdi.

apple, ipad

iPad Pro

Yangi iPad Pro 11 va 13 dyuymli ekran bilan taqdim etildi. Taqdimotda eng ko‘p urg‘u qurilmalar juda ham ingichka qilib ishlanganiga berildi. 11 dyumli qurilmaning eni 5,3 millimetr, 13 dyumlisiniki esa 5,1 millimetr bo‘ladi. Apple tarixida bundan ingichkaroq qurilma ishlab chiqarilmagan.

iPad Pro ikki xil rangda taqdim etiladi (silver, space black). Qurilmalarda birinchi marotaba OLED ekranlar ishlatilgan (avvalgilarida LCD ekranlar bo‘lgan).

apple, ipad

Ikkala Pro modeli ham endi ishlab chiqilgan M4 protsessoriga ega (avvalgi avlodda M2 chipidan foydalanilgan. M2 bajargan ishni M4 u sarflagan quvvatning chora qismi evaziga qila oladi). Bu protsessor bilan chiqadigan iPad Pro M2 bilan chiqarilgan qurilmadan ko‘ra 4 baravar tezroq ishlaydi.

Center Stage funksiyasi Pro modelida ham mavjud. Pro modeli uchun yangi klaviatura — yangilangan Magic Keyboard ham ishlab chiqilgan. U ham avvalgilariga qaraganda ingichkaroq va iPad Pro bilan mos tushuvchi ranglarda ishlangan. Narxi 299 (11 dyumli) va 349 dollar. Planshetlar uchun, shuningdek, Apple Pencil`ning takomillashtirgan versiyasi — Apple Pencil Pro ishlab chiqilgan.
apple, ipad

Qalam endi foydalanuvchi uni siqayotganini seza oladi, shuningdek, qurilmaga giroskop o‘rnatilgan bo‘lib, masalan, rassomlar surat chizayotgan vaqtida uni xuddi mo‘yqalam kabi aylantirib ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari, qalam qayerda ekanini ko‘rsatib turish uchun Find My funksiyasidan foydalanish mumkin va, albatta, u planshetning yoniga magnit yordamida yopishadi va undan quvvatlana oladi. Apple Pencil Pro iPad Air bilan ham ishlay oladi. Narxi — 129 dollar.

apple, ipad

Ikkala Pro modeli uchun ham xotira hajmi bo‘yicha 4 xil tanlov imkoniyati mavjud: 256, 512 GB, 1 va 2 TB. 11 dyumli qurilma narxi 999 dollardan, 13 dyumlisiniki esa 1300 dollardan boshlanadi. Barcha qurilma va aksessuarlar uchun oldindan buyurtma qabul qilish 7-may kuni boshlandi va yetkazib berish shu hafta boshlanishi kutilmoqda.

Apple, shuningdek, iPad`ning o‘ninchi avlodi narxini yanada pasaytirdi, qurilmalarning rasmiy narxi endi 349 dollar.