Qozog‘iston Sport vazirligi 2034-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatini O‘zbekiston bilan birgalikda o‘tkazish rejalashtirilayotgani haqidagi ma’lumotni rad etdi. OAV xabariga ko‘ra, avvalroq Qozog‘iston futbol federatsiyasi rahbari shunday tashabbus bilan chiqqan.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, “Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari 2026-yilgacha ijtimoiy soliqdan tashqari barcha soliqlarni to‘lashdan ozod etildi. Ular jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilari ham daromad solig‘i to‘lamaydi.
Rossiyalik mutaxassis Aleksandr Krestinin poytaxtning “Bunyodkor” futbol klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bungacha u Qirg‘iziston futbol terma jamoasi bosh murabbiyi edi.
O‘zbekiston milliy termasi o‘yinlarida bukmekerlik kompaniyasi reklama qilingani O‘zbekistonda muhokamalarga sabab bo‘ldi. O‘zbekistonda futbol uchrashuvlarida bukmekerlar birinchi marta reklama qilinmayapti, ammo bu qadar shov-shuvli holatning rasmiylar tomonidan e’tiborsiz qoldirilishi birinchi marta kuzatildi
“Manchester Siti” UEFA Chempionlar ligasi finalida “Inter”ni mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor kubokni qo‘lga kiritdi. Xosep Gvardiola jamoasi, shuningdek, “trebl” qayd etdi.
Senat Soliq kodeksiga professional futbol klublarini vaqtincha ijtimoiy soliqdan boshqa barcha soliqlardan ozod etadigan o‘zgartirishlar kiritilishini ma’qulladi. Shuningdek, klublarga chet ellik mutaxassis va futbolchilar daromadlaridan to‘lanadigan daromad solig‘i bo‘yicha ham imtiyoz berilishi mumkin.
Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi o‘yinida birinchi bo‘limda 2 ta gol o‘tkazib yuborgan O‘zbekiston terma jamoasi yakunda Yangi Zelandiya bilan durang o‘ynadi. Guruhda Argentina peshqadamlik qilmoqda, O‘zbekiston esa 3-o‘rinda bormoqda.
O‘zbekiston 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasi jahon chempionatini mag‘lubiyat bilan boshladi. Argentina jamoasiga qarshi o‘yinda o‘zbekistonliklar hisobni birinchi bo‘lib ochgan bo‘lsa-da, so‘ng ikkita gol o‘tkazib yubordi (statistika, foto, video).
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi “Bunyodkor” va “Nasaf”o‘rtasidagi uchrashuvda hakam qarorlaridan norozilik ortidan yuzaga kelgan mojaroni o‘rganmoqda.
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi futbolchisi Shaxriyor Jabborov doping testi tufayli futboldan vaqtincha chetlatilgandi. O‘FA tekshiruv hali yakunlanmagani, uning ehtiyotsizlik sabab sifatsiz biologik faol moddalar iste’mol qilgan bo‘lishi ehtimoli o‘rganilayotganini bildirdi.
FIFA Argentinaning yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilishini bildirdi. Avvalroq Indoneziya rasmiylarining futbol tashkiloti faoliyatiga aralashgani ortidan mamlakat turnirga mezbonlik qilish huquqidan mahrum etilgandi.
O‘zbekiston futbolini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuziladi, hududiy assotsiatsiyalariga viloyat hokimlari rahbar bo‘ladi. Futbol bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash markaziga Xorvatiya, Yaponiya davlatidan mutaxassislar jalb qilinadi. Homiylik qilgan fuqarolarga xorijiy turnirlarda ishtirok etish imkoni beriladi.
U-20 Osiyo kubogida g‘olib chiqqan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchi va murabbiylariga «Prezident sovg‘asi» yozuvi tushirilgan Gentra avtomobillari topshirildi.
Renessans TV jurnalisti «Milliy» stadioni yaqinida huquq-tartibot idoralari xodimlari OAVga to‘sqinlik qilib, kuch ishlatgani haqida xabar berdi. IIBB esa xodimlar noqonuniy xatti-harakatlar sodir etmaganini bildirdi. Yuzlab fuqarolar u yerda U-20 Osiyo kubogi finaliga chipta sotib olish uchun yig‘ilgan edi.
U-20 Osiyo kubogining yarim finalida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi uchrashuv penaltilar seriyasigacha davom etdi. Yakunda 3:1 hisob bilan O‘zbekiston futbol terma jamoasi finalga yo‘l oldi.
Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi iyun oyida Toshkent va Bishkekda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi turnirida ishtirok etishi mumkin.
O‘zbekiston 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasi futbolchilari avstraliyalik raqiblarini mag‘lub etib, Osiyo kubogi yarim finaliga yo‘l oldi. Qolaversa, terma jamoa jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Afsonaviy braziliyalik futbolchi Pele 82 yoshida vafot etdi. U uch karra jahon chempioni bo‘lgan yagona futbolchi edi.
Qatarda bo‘lib o‘tgan 2022 yilgi jahon chempionati esda qolarli voqealarga, rekordlarga va yorqin xotiralarga boy bo‘ldi. Keling, bir oy davomida diqqatimizni ushlab turgan ushbu chempionatning eng e’tiborga molik lahzalarini bir eslab o‘tamiz.
Argentina va Fransiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan murosasiz va hayajonli vaziyatlarga bor bo‘lgan final bahsida 3:3 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida argentinaliklarning qo‘li baland keldi va o‘z tarixida uchinchi bor jahon chempioni bo‘lishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting