«futbol» tegli maqolalar


“Nasaf” 2022-yilgi O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi
30 oktabr 2022, 22:46

“Nasaf” 2022-yilgi O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi

“Nasaf” uch karra O‘zbekiston Kubogi sohibiga aylandi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Navbahor” bilan tenglashib oldi. Ushbu jamoalar ayni vaqtda O‘zbekiston Superligasida ham chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan bo‘lib turibdi.

Indoneziyada futbol o‘yinidagi tiqilinchda 174 kishi halok bo‘ldi
2 oktabr 2022, 16:34

Indoneziyada futbol o‘yinidagi tiqilinchda 174 kishi halok bo‘ldi

Indoneziyadagi «Kanjuraxan» stadionida yuz bergan tiqilinch oqibatida 174 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohat oldi. O‘zbekiston prezidenti fojia munosabati bilan Indoneziya prezidentiga hamdardlik bildirdi.

«Lokomotiv» futbolchisi Kaxi Maxaradze kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani uchun 5 yilga futboldan chetlatildi
16 sentabr 2022, 11:50

«Lokomotiv» futbolchisi Kaxi Maxaradze kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani uchun 5 yilga futboldan chetlatildi

«Lokomotiv» PFK futbolchisi Kaxi Maxaradze va erkin agent Yevgeniy Kochnev 2 gruziyalik bilan kelishib, totalizator hamda kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani uchun O‘FA ikki futbolchini o‘yinlardan 5 va 3 yilga chetlashtirdi. Ular jarima ham to‘laydi.

Futboldagi Ukraina bayrog‘i montajchi xatosi bilan xiralashtirilgan — «Yoshlar» telekanali
30 avgust 2022, 16:40

Futboldagi Ukraina bayrog‘i montajchi xatosi bilan xiralashtirilgan — «Yoshlar» telekanali

«Yoshlar» telekanalining «Yangi davr» ko‘rsatuvida Real Madrid jamoasi nomi yonidagi Ukraina bayrog‘i xiralashtirib ko‘rsatildi. Buni montajchi xato qo‘yilgan deb o‘ylagan va o‘zboshimchalik bilan berkitgan, deya tushuntirdi telekanal rahbariyati. Montajchi va mas’ul muharrir jazolangani aytilmoqda.

Ravshan Ermatov Rossiya futbol hakamlari komissiyasi a’zosi bo‘ldi
25 avgust 2022, 12:42

Ravshan Ermatov Rossiya futbol hakamlari komissiyasi a’zosi bo‘ldi

O‘zbekistonlik sobiq futbol hakami Ravshan Ermatov Rossiya futbol ittifoqining hakamlar komissiyasi a’zosi bo‘ldi. U Rossiya futbolida hakamlar bo‘yicha ekspertlik qiladi.

O‘zbekiston ayollar jamoasi futbol bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatida g‘alaba qozondi
21 iyul 2022, 09:20

O‘zbekiston ayollar jamoasi futbol bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatida g‘alaba qozondi

Tojikistonda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik futbolchilar ketma-ket ikkinchi bor musobaqa g‘olibiga aylandi. O‘zbekiston ayollar jamoasi hal qiluvchi bahsda Eron ayollar MTJsini 1:0 hisobida mag‘lub etdi — foto, video.

MOQ raisi o‘rinbosari endi «Olimpik» futbol klubini boshqaradi
23 iyun 2022, 21:23

MOQ raisi o‘rinbosari endi «Olimpik» futbol klubini boshqaradi

MOQ raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov «Olimpik» futbol klubiga rahbar bo‘ldi. U bungacha «Lokomotiv»ni ham boshqargan.

O‘zbekiston FIFA reytingida olti pog‘onaga yuqoriladi
23 iyun 2022, 18:58

O‘zbekiston FIFA reytingida olti pog‘onaga yuqoriladi

FIFAning iyun oyi uchun yangilangan reytingida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z o‘rnini olti pog‘onaga yaxshilab, 77-o‘ringa ko‘tarildi.

Uch kundan buyon davom etayotgan chipta mojarosi yakun topdimi? O‘zi nima shovqin?
19 iyun 2022, 10:43

Uch kundan buyon davom etayotgan chipta mojarosi yakun topdimi? O‘zi nima shovqin?

O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni yoshlari o‘rtasidagi Osiyo kubogi finaliga qiziqish musobaqa O‘zbekistonda o‘tayotganini inobatga olganda anchagina yuqori. Tashkilotchilik darajasi shunga mosmi? Final chiptalari mojarosi hal bo‘ldimi? O‘zi nima shovqin? «Gazeta.uz» voqealar rivojini bir joyga to‘pladi.

Chipta sotishdagi tartibsizlik: «Bunyodkor» stadioni yaqinida nima sodir bo‘ldi?
18 iyun 2022, 10:18

Chipta sotishdagi tartibsizlik: «Bunyodkor» stadioni yaqinida nima sodir bo‘ldi?

«Bunyodkor» stadioniga Osiyo kubogi U-23 finali uchun chipta sotib olishga yuzlab futbol ishqibozlari yig‘ildi. Odamlarning to‘planishi tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Ularni tarqatish uchun ko‘zdan yosh sizdiruvchi gazdan foydalanilgani aytilmoqda, Milliy gvardiya esa buni rad etib chiqdi.

Osiyo kubogi U23: O‘zbekiston Yaponiyani yengib, finalga chiqdi
15 iyun 2022, 23:28

Osiyo kubogi U23: O‘zbekiston Yaponiyani yengib, finalga chiqdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiyachilari Yaponiyani mag‘lub etib, U23 Osiyo kubogi finaliga yo‘l oldi (video, foto, statistika).

Prevyu. O‘zbekiston olimpiyachilari Osiyo kubogi yarim finalida Yaponiya bilan o‘ynaydi
15 iyun 2022, 18:29

Prevyu. O‘zbekiston olimpiyachilari Osiyo kubogi yarim finalida Yaponiya bilan o‘ynaydi

Chorshanba kuni O‘zbekiston olimpiya jamoasi Osiyo kubogi yarim finalida Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi. Jamoalar 2018 yilda ham to‘qnash kelishgan va unda o‘zbekistonliklar yirik hisobda g‘alaba qozongandi. Biroq bu safar Yaponiya U23 jamoasi bellashuvga o‘zgacha yondashuv bilan kelmoqda.

Muxlislardan O‘zbekiston-Yaponiya o‘yinini tomosha qilish uchun stadionga kelmaslik so‘raldi
15 iyun 2022, 17:04

Muxlislardan O‘zbekiston-Yaponiya o‘yinini tomosha qilish uchun stadionga kelmaslik so‘raldi

IIV O‘zbekiston va Yaponiya yoshlar TJ o‘rtasidagi Osiyo kubogi yarim finali uchrashuvi o‘tadigan «Milliy» stadioni OFK sanksiyalari tufayli mahalliy muxlislar uchun yopilganini eslatib o‘tdi. Muxlislarga o‘yinni uyda tomosha qilish tavsiya etildi. Stadion atrofidagi yo‘llar esa ta’mirlanishi sababli vaqtincha yopiladi.

Futbol: O‘zbekiston U-23 Yaponiya bilan yarim finalda muxlislarsiz o‘ynaydi
15 iyun 2022, 01:15

Futbol: O‘zbekiston U-23 Yaponiya bilan yarim finalda muxlislarsiz o‘ynaydi

Osiyo futbol konfederatsiyasi Iroqqa qarshi uchrashuvda muxlislar tomonidan tosh otilgani sababli O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini jazoladi. Yaponiyaga qarshi yarim final o‘yiniga o‘zbekistonlik muxlislar qo‘yilmaydi, O‘FA esa katta jarima to‘laydi.

Futbol uchrashuvida tosh otgani uchun salkam 50 kishi hibsga olindi
14 iyun 2022, 15:18

Futbol uchrashuvida tosh otgani uchun salkam 50 kishi hibsga olindi

Toshkent shahar IIBB O‘zbekiston va Iroq yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi futbol bellashuvida tosh otgani uchun 47 kishi hibsga olinganini ma’lum qildi. 19 nafar muxlis ma’muriy javobgarlikka tortildi, 28 nafariga nisbatan esa tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Qizil kartochka, avtogol, penaltilar seriyasi: O‘zbekiston Osiyo Kubogi yarim finaliga chiqdi
12 iyun 2022, 03:52

Qizil kartochka, avtogol, penaltilar seriyasi: O‘zbekiston Osiyo Kubogi yarim finaliga chiqdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar termasi Iroq jamoasini mag‘lub etib, Azii U-23 Kubogi yarim finaliga chiqdi. O‘zbekistonliklar o‘yinning katta qismini o‘n kishi bilan o‘tkazgan bo‘lsa-da, penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi. «Xuddi Yevropa Chempionlar ligasiga o‘ynagandek bo‘ldik», — dedi Jasur Jaloliddinov.

Futbol: O‘zbekiston Osiyo kubogi saralashini g‘alaba bilan boshladi
9 iyun 2022, 09:25

Futbol: O‘zbekiston Osiyo kubogi saralashini g‘alaba bilan boshladi

O‘zbekiston milliy jamoasi 2023 yilgi Osiyo kubogiga saralash turnirini Shri-Lanka ustidan yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi — video, foto.

100 nafar eng qimmat futbolchi e’lon qilindi
8 iyun 2022, 11:36

100 nafar eng qimmat futbolchi e’lon qilindi

CIES Football Observatory yozgi transferlar oynasi arafasida eng qimmat 100 futbolchi reytingini taqdim etdi. Kuchli o‘nlikda Kilian Mbappe, Vinisius Junior va Erling Xaaland yetakchilik qilmoqda. Tashkilot o‘yinchilarning narxini belgilashda yoshi, klub va terma jamoadagi mavqeini inobatga olgan.

Maksim Shatskix «Paxtakor»da ish boshladi
3 iyun 2022, 13:00

Maksim Shatskix «Paxtakor»da ish boshladi

O‘zbekiston terma jamoasi va Kiyevning «Dinamo» klubida to‘p surgan o‘zbekistonlik futbolchi Maksim Shatskix «Paxtakor» jamoasi sport direktori bo‘ldi. Shatskix klubga iqtidorli futbolchilarni akademiyadan asosiy jamoagacha jalb qilish hamda yosh, yuqori salohiyatli futbolchilarni topishda ko‘maklashadi.

Argentina Finalissima — 2022 g‘olibi bo‘ldi
2 iyun 2022, 12:46

Argentina Finalissima — 2022 g‘olibi bo‘ldi

«Uembli» stadionida Yevropa va Janubiy Amerika qit’asi chempionlari o‘rtasida Finalissima — 2022 o‘yini tashkil etildi. Unda futbol bo‘yicha Argentina va Italiya terma jamoalari bellashib, yakunda Lionel Messi boshchiligidagi Janubiy Amerika qit’asi vakillari g‘alaba qozonishdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting