Latviya tashqi ishlar vaziri Krishyanis Karinsh bosh vazir bo‘lgan vaqtida budjet hisobidan shaxsiy samolyotlarda uchgani bilan bog‘liq mojaro tufayli o‘z lavozimini tark etishini e’lon qildi. U bosh vazirlik paytida 32 marta shaxsiy samolyotlarda chet el safarlariga borgan va bu budjetga 613 ming yevroga tushgan.
2019−2022-yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lgan Boris Jonson pandemiya davridagi ziyofat tergovi tufayli deputatlikdan iste’foga chiqishini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev bundan buyon o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajara olmagan vazir iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlar har yil boshida jamoatchilik oldida sohadagi rejasi va yil yakuni bilan esa uning natijasi bo‘yicha hisobot beradi.
Yaponiyaning amaldagi bosh vaziri Fumio Kisidaning Vazirlar Mahkamasi to‘liq tarkib bilan iste’foga chiqdi. Iste’fo Yaponiya hukumatida bo‘lishi kutilayotgan o‘zgarishlar fonida yuz berdi.
Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirining Jambil viloyatidagi harbiy qism o‘q-dorilar omborida portlash sodir bo‘lganidan keyin bergan iste’fosini qabul qildi. Portlash natijasida halok bo‘lganlar soni 15 nafarga yetdi.
Energetika vaziri Alisher Sultonov gaz va elektr ta’minoti ortidan jamoasi bilan iste’foga chiqish masalasida fikr bildirdi. «To‘g‘ri, kamchiliklar juda ham ko‘p. Lekin hozir hamma iste’foga chiqib ketadigan bo‘lsa, ishni kim qiladi? Mutaxassislar o‘zi qolmayapti. Siz o‘ylamang, hech kim o‘zini joyini ushlab olgani yo‘q, lekin qanday qiyin bo‘lmasin, hamma o‘zini ishini qilishi kerak», — dedi vazir.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting