Jahon

G20 yetakchilari Yer yuzida bir trln daraxt ekishni maqsad qilishdi
1 noyabr 2021, 09:40

G20 yetakchilari Yer yuzida bir trln daraxt ekishni maqsad qilishdi

G20 sammitiga a’zo davlatlar «sayyoraning eng yomonlashgan ekotizimlariga alohida e’tibor bergan holda» 2030 yilgacha bir trln daraxt ekishni maqsad qildi. Rimda bo‘lib o‘tgan sammit doirasida imzolangan deklaratsiyada bu haqda aytilmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
29 oktabr 2021, 22:10

Jahon yangiliklari dayjesti

Jo Baydenning Rim papasi bilan uchrashgani, Ilon Masking insoniyatni Marsga o‘z hisobidan olib bormoqchi ekani, AQShning Tramp siyosatidan jabr chekkan migrantlarga 1 mlrd dollardan pul to‘lamoqchiligi, Finlyandiyada gazetaning uch jurnalisti davlat sirlarini oshkor qilishda ayblanayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Facebook o‘z nomini Meta`ga o‘zgartiradi va «metaolam» quradi
29 oktabr 2021, 10:46

Facebook o‘z nomini Meta`ga o‘zgartiradi va «metaolam» quradi

Facebook o‘zining nomini Meta`ga o‘zgartirganini va odamlar muloqot qilishi, jamoalar yaratishi va biznesni rivojlantirishi mumkin bo‘lgan «metaolam» qurish haqidagi rejalarini e’lon qildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
27 oktabr 2021, 21:16

Jahon yangiliklari dayjesti

Jahon bankining Sudanga yordam berishni to‘xtatgani, Telegram tez orada reklama platformasini ishga tushirishi, Polsha Yevropa Ittifoqi qonunlariga amal qilmagani uchun kuniga 1 mln yevrodan jarimaga tortilgani, Qirg‘izistonda qishloq xo‘jaligi vazirining hozirgi va sobiq o‘rinbosarlari hibsga olingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Afg‘oniston Termizdan BMT yordamining olib kirilishiga hozircha ruxsat bergani yo‘q
27 oktabr 2021, 18:23

Afg‘oniston Termizdan BMT yordamining olib kirilishiga hozircha ruxsat bergani yo‘q

BMT Qochqinlar ishlari bo‘yicha boshqarmasining insonparvarlik yordami mamlakat hukumatining uni olib kirishga ruxsat bermagani sababli hozircha Termizdan Afg‘onistonga yetkazilgani yo‘q.

Ilon Mask Forbes reytingi tarixidagi eng boy odam bo‘ldi
27 oktabr 2021, 12:17

Ilon Mask Forbes reytingi tarixidagi eng boy odam bo‘ldi

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Forbes jurnali dunyoning eng boy odamlari reytingini tuzishni boshlagandan buyon eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Uning boyligi rekord darajadagi 271,3 mlrd dollarga yetgan.

Angela Merkel vakolati rasman yakunlandi
27 oktabr 2021, 11:39

Angela Merkel vakolati rasman yakunlandi

Germaniya federal kansleri Angela Merkel vakolati rasman yakunlandi. Mamlakatda yangi hukumat tuzilgunga qadar Merkel mazkur vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
26 oktabr 2021, 21:45

Jahon yangiliklari dayjesti

YouTube Braziliya prezidentini bir haftaga yangi video joylashtirish imkoniyatidan mahrum qilgani, Qozog‘iston afg‘on ayollarining parvozi uchun gumanitar tranzit yo‘lagi ajratayotgani, Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Ro De U 88 yoshida vafot etgani, Gretsiyada politsiya anarxist namoyishchilarga qarshi gazdan foydalangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Kobulda ayollar o‘z huquqlarini talab qilib, namoyish o‘tkazdi
26 oktabr 2021, 15:20

Kobulda ayollar o‘z huquqlarini talab qilib, namoyish o‘tkazdi

Afg‘oniston poytaxtida ayollar o‘z huquqlarini talab qilib, «BMT sukunati — uyat», «Ayollar — odam», «Biz ochmiz» kabi shiorlar bilan namoyish o‘tkazdi. Ular BMTni «Tolibon»ga ayollar huquqlarini tan olishi uchun bosim o‘tkazishga chaqirdi.

Kobulda aholini bug‘doy evaziga ish bilan ta’minlash dasturi ishga tushirildi — OAV
26 oktabr 2021, 10:03

Kobulda aholini bug‘doy evaziga ish bilan ta’minlash dasturi ishga tushirildi — OAV

«Tolibon» hukumati Kobul tepaliklarida ariqlar qazishga aholini jalb qilib, ish haqi sifatida bug‘doy tarqatishini ma’lum qildi. Dastur doirasida 40 mingdan ortiq odam ish bilan ta’minlanadi va kelgusi ikki oy ichida mazkur tashabbus boshqa viloyatlarda ham joriy qilinishi rejalashtirilgan.

Rossiyada koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha navbatdagi antirekord o‘rnatildi
25 oktabr 2021, 14:56

Rossiyada koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha navbatdagi antirekord o‘rnatildi

Rossiyada COVID-19 ga chalinish holatlari ko‘paymoqda. Kuniga infeksiya aniqlanganlar soni 37 ming 930 taga oshdi, bu pandemiya boshlanganidan beri yangi maksimal ko‘rsatkich.

Jahon yangiliklari dayjesti
22 oktabr 2021, 21:54

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiyaliklarning aksariyati ishlanmaydigan kunlarda O‘zbekistonga uchmoqchi ekani, Baydenning Xitoy bilan sovuq urushni xohlamasligi, Trampning yangi ijtimoiy tarmog‘iga xakerlar hujum qilgani, Belarusda niqob rejimi bekor qilingani, Aktyor Alek Bolduinni tasvirga olish paytida tasodifan operator va rejissyorni otib qo‘ygani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
21 oktabr 2021, 21:59

Jahon yangiliklari dayjesti

Lukashenkoning Belarus konstitutsiyasi avtoritar xarakterga egaligini ta’kidlagani, Janubiy Koreya o‘zining ilk kosmik raketasini fazoga uchirgani, Latviyada 15 noyabrgacha lokdaun joriy qilingani, Donald Tramp o‘zining shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ini yaratayotgani, Turk lirasi rekord darajada qadrsizlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

«Tolibon» Tojikiston bilan chegarada muntazam bo‘linmalarni joylashtiradi — OAV
21 oktabr 2021, 15:26

«Tolibon» Tojikiston bilan chegarada muntazam bo‘linmalarni joylashtiradi — OAV

Toliblar 150 ga yaqin jangchilarini tojik-afg‘on chegarasini qo‘riqlash uchun tayyorgarlikdan o‘tkazdi. Ta’kidlanishicha, ular Taxor aholisining xavfsizligini ham ta’minlashadi. «Biz harakat a’zolaridan va sobiq hukumat armiyasi harbiylaridan tashkil topgan muntazam armiya tuzmoqdamiz va boshqa davlatning bostirib kirishiga yo‘l qo‘ymaymiz», — dedi «Tolibon» bo‘linmalarining Mozori Sharif shahridagi qo‘mondoni Mavlavi Ataulla Omariy.

Nepaldagi sel oqibatida 80 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
21 oktabr 2021, 14:15

Nepaldagi sel oqibatida 80 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Nepalda uch kun mobaynida davom etayotgan kuchli yomg‘ir tufayli kelib chiqqan ko‘chkilar va suv toshqinlari oqibatida kamida 88 kishi halok bo‘ldi. 30 kishi bedarak yo‘qoldi.

O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada siyosiy va harbiy josuslikda ayblanib, qo‘lga olindi
21 oktabr 2021, 10:32

O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada siyosiy va harbiy josuslikda ayblanib, qo‘lga olindi

Turkiyada chechen muxolifatchilariga qurolli hujum uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda ayblanayotgan to‘rt nafar rossiyaliklar, shuningdek Ukraina va O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi. Bundan tashqari, ular siyosiy va harbiy josuslikda ham ayblanmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
20 oktabr 2021, 22:32

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiyada yana karantin cheklovlari o‘rnatilgani, Yevroparlamentning Aleksey Navalniyni mukofotlagani, Facebook o‘z nomini o‘zgartirmoqchi ekani, Buyuk Britaniyada koronavirusning «delta» shtammidan ham kuchlirog‘i tarqalgani, bitkoin narxining rekord darajaga yetgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Rossiyada 30 oktabr-7 noyabr kunlari ishlanmaydigan kunlar deb e’lon qilindi
20 oktabr 2021, 17:42

Rossiyada 30 oktabr-7 noyabr kunlari ishlanmaydigan kunlar deb e’lon qilindi

Rossiyada COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgani tufayli 30 oktabrdan 7 noyabrga qadar ishlaynmaydigan kunlar deb e’lon qilindi. Vaziyat «og‘ir» hududlarda ushbu muddat 23 oktabrdan boshlanishi mumkin.

O‘zbekistonliklardan pul talab qilib kelgan Qirg‘iziston chegarachilari ushlandi
20 oktabr 2021, 13:19

O‘zbekistonliklardan pul talab qilib kelgan Qirg‘iziston chegarachilari ushlandi

Chegarani kesib o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolari va katta yuk mashinalari haydovchilaridan muntazam ravishda pul talab qilib kelgan Qirg‘iziston chegara xizmati mansabdor shaxslari ushlandi.

Jahon yangiliklari dayjesti
19 oktabr 2021, 21:27

Jahon yangiliklari dayjesti

Turkiyalik xakerning Donald Tramp saytida Qur’on matnini qoldirgani, Yaponiyaga KXDR tomonidan raketalar otilgani, Vetnamda maktab o‘quvchisi telefon portlashidan vafot etgani, Gruziya bosh vazirining inqilob bo‘lmasligini ta’kidlagani, Chexiya prezidenti vakolatlari taqsimlanishi mumkinligi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting