Jahon

Jahon yangiliklari dayjesti
19 oktabr 2021, 21:27

Jahon yangiliklari dayjesti

Turkiyalik xakerning Donald Tramp saytida Qur’on matnini qoldirgani, Yaponiyaga KXDR tomonidan raketalar otilgani, Vetnamda maktab o‘quvchisi telefon portlashidan vafot etgani, Gruziya bosh vazirining inqilob bo‘lmasligini ta’kidlagani, Chexiya prezidenti vakolatlari taqsimlanishi mumkinligi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Apple yangi turdagi protsessorlarga ega MacBook Pro kompyuterlarini taqdim etdi
19 oktabr 2021, 10:12

Apple yangi turdagi protsessorlarga ega MacBook Pro kompyuterlarini taqdim etdi

Apple mahsulotlarining ikkinchi kuzgi taqdimotida MacBook Pro noutbuklari, AirPods Pro simsiz quloqchinlari va HomePod mini «aqlli» karnaylari namoyish etildi. Ushbu taqdimotning asosiy yangiligi MacBook Pro uchun ishlab chiqilgan yangi protsessorlar bo‘ldi.

Jahon yangiliklari dayjesti
18 oktabr 2021, 21:25

Jahon yangiliklari dayjesti

Kelgusi yil dunyo vaksina bozorida BioNTech/Pfizer va Moderna kompaniyalarining yetakchilik qilishi, Eron yadroviy bitimga qaytishi uchun AQShga hech qanday shart qo‘ymagani, NATO`ning Rossiyadagi axborot byurosi faoliyati to‘xtatilishi, Bayden va uning rafiqasining Vashingtonda niqob rejimi qoidalarini buzgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

AQShning sobiq davlat kotibi Kolin Pauell vafot etdi
18 oktabr 2021, 18:45

AQShning sobiq davlat kotibi Kolin Pauell vafot etdi

AQSh Davlat departamentining sobiq rahbari, prezident Jorj Bush boshqaruvi ostida ishlagan Kolin Pauell 84 yoshida koronavirus asoratlaridan vafot etdi.

O‘zbekiston Afg‘onistondagi masjid portlatilishini qoralaydi — TIV
16 oktabr 2021, 12:03

O‘zbekiston Afg‘onistondagi masjid portlatilishini qoralaydi — TIV

15 oktabr kuni Afg‘onistonning Qandahor viloyatidagi shialar masjidi portlatildi. Natijada 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 68 kishi jarohatlandi. O‘zbekiston ushbu terrorchilik harakatini keskin qoraladi. «Bunday g‘ayriinsoniy hujumlar vaziyatning yanada keskinlashuviga olib keladi va Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi», — deyiladi vazirlik bayonotida.

Jahon yangiliklari dayjesti
15 oktabr 2021, 21:43

Jahon yangiliklari dayjesti

«Tolibon»ning Afg‘onistonda o‘rmonlarni kesish va yog‘och kontrabandasini taqiqlagani, Italiyada ishchilarga majburiy COVID-sertifikatlari joriy etilgani, LinkedIn ijtimoiy tarmog‘ining Xitoydagi faoliyatini to‘xtatishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
14 oktabr 2021, 21:04

Jahon yangiliklari dayjesti

Norvegiyada 5 kishining kamon o‘qidan halok bo‘lgani, Chili muxolifatining «Pandora Papers» tufayli prezident impichmentini boshlagani, Moldovada gaz tanqisligi sababli energetika sohasida «ogohlik rejimi» e’lon qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Cobalt va Nexia Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobillar bo‘ldi
14 oktabr 2021, 14:17

Cobalt va Nexia Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobillar bo‘ldi

2021 yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha, Cobalt va Nexia avtomobillari Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobillar bo‘ldi. Mamlakatda xarid qilingan mashinalarning 28,17% ushbu modellar hisobiga to‘g‘ri keladi. UzAuto Motors kompaniyaning Qozog‘iston bozoridagi avtomobillar sotuvi o‘tgan yilga nisbatan 5 barobarga oshganligini ma’lum qildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
13 oktabr 2021, 21:20

Jahon yangiliklari dayjesti

Kuvaytda ayollarga armiyada xizmat qilishga ruxsat berilgani, Kanadaning 40 ming afg‘on qochqinini qabul qilishi, Fransiyada radioaktiv chiqindilarning Rossiyaga olib chiqilishiga qarshi namoyishlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Kim Chen Inning bir kuni: harbiy texnika ko‘rgazmasi va harbiylar chiqishlari
13 oktabr 2021, 14:58

Kim Chen Inning bir kuni: harbiy texnika ko‘rgazmasi va harbiylar chiqishlari

KXDR rahbari Kim Chen In harbiy ko‘rgazmaga tashrif buyurib, qurollar va tanklarni ko‘zdan kechirdi hamda harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlarini tomosha qildi.

BMT O‘zbekiston orqali afg‘on xalqiga gumanitar yordam yuboradi
13 oktabr 2021, 11:50

BMT O‘zbekiston orqali afg‘on xalqiga gumanitar yordam yuboradi

BMTning Qochqinlar masalalari bo‘yicha boshqarmasi O‘zbekistonga afg‘on xalqi uchun gumanitar yordam ortilgan uchta samolyot yuborishni rejalashtirmoqda. Gumanitar yuk Termizdan Hayraton chegara punkti orqali Mozori-Sharifga yetkaziladi. Bunday samolyotlarning birinchisi oktabr o‘rtasida O‘zbekistonga yetib keladi. Shuningdek, agentlik Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarda logistik markazlarni tashkil etishni ko‘zlagan.

JSST immuniteti zaiflashganlarni koronavirusga qarshi takroran emlashni tavsiya qildi
13 oktabr 2021, 11:10

JSST immuniteti zaiflashganlarni koronavirusga qarshi takroran emlashni tavsiya qildi

JSST ekspertlari immuniteti zaiflashgan kishilarni koronavirusga qarshi vaksinalarning qo‘shimcha dozasi bilan emlashni tavsiya qildi. Chunki ushbu shaxslar uchun birlamchi emlash yetarli bo‘lmasligi mumkin va ularda COVID-19 og‘ir kechishi xavfi yuqori.

Jahon yangiliklari dayjesti
12 oktabr 2021, 21:15

Jahon yangiliklari dayjesti

Qirg‘iziston hukumatining iste’fosi, Ukraina va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida umumiy havo makoni to‘g‘risidagi bitim imzolangani, Xitoyda suv toshqinlari oqibatida 30 ga yaqin kishining halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

JSST «cho‘zilgan koronavirus» kasalligiga ta’rif berdi
12 oktabr 2021, 10:48

JSST «cho‘zilgan koronavirus» kasalligiga ta’rif berdi

JSST postkovid sindromiga rasmiy klinik ta’rif berilganini ma’lum qildi. Koronavirus bilan kasallanganlarning taxminan 10−20 foizi ushbu sindromga chalingan.

Jahon yangiliklari dayjesti
11 oktabr 2021, 20:49

Jahon yangiliklari dayjesti

Avstriyada yangi kansler tayinlangani, Rossiya va Boliviyadagi aviahalokatlar, Livanning deyarli 24 soatga elektr ta’minotidan uzilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohiblari e’lon qilindi
11 oktabr 2021, 15:36

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohiblari e’lon qilindi

Iqtisodiyot bo‘yicha 2021 yilgi Nobel mukofoti amerikalik iqtisodchilarga topshirildi. Devid Kard «mehnat iqtisodiyotini o‘rganishga», Joshua Engrist va Guido Imbens «sabab-oqibat munosabatlarini tahlil qilishga» hissa qo‘shganliklari uchun e’tirof etildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
8 oktabr 2021, 21:20

Jahon yangiliklari dayjesti

«Tolibon»ning IDga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya o‘tkazayotgani, Hindistonning sayyohlik vizalarini berishni boshlashi, Google’ning iqlim o‘zgarishini inkor etuvchi kontentni monetizatsiya qilishni taqiqlagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Afg‘onistondagi masjid portlashida kamida 100 kishi halok bo‘ldi — «Tolibon»
8 oktabr 2021, 19:52

Afg‘onistondagi masjid portlashida kamida 100 kishi halok bo‘ldi — «Tolibon»

Afg‘onistonning Qunduz shahrida shia masjidi portlatildi. «Tolibon» vakillari kamida 100 kishi portlash natijasida halok bo‘lganligini ta’kidlamoqda. Hozircha hech qaysi terrorchi guruh ushbu terakt uchun mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olgani yo‘q.

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti rossiyalik va filippinlik jurnalistlarga berildi
8 oktabr 2021, 14:46

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti rossiyalik va filippinlik jurnalistlarga berildi

2021 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti rossiyalik jurnalist Dmitriy Muratov va filippinlik jurnalist Mariya Ressaga topshiriladi. Nobel qo‘mitasi ularning demokratiya va tinchlikning asosiy sharti bo‘lmish so‘z erkinligini himoya qilishdagi sa’y-harakatlarini e’tirof etdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
7 oktabr 2021, 21:47

Jahon yangiliklari dayjesti

Finlyandiya, Daniya va Shvetsiyaning 30 yoshgacha bo‘lgan aholini Moderna bilan emlashni to‘xtatgani, Latviya sog‘liqni saqlash tizimida favqulodda holat e’lon qilingani, Pokistonda zilzila oqibatida 20 kishining halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting