Moskva meriyasi qurilish maydonchalarida mehnat migrantlaridan voz kechish rejasini tayyorlaydi. Shahar ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, mehnat resurslari tanqisligi 40%ga yaqinlashgan. Rossiya poytaxti rasmiylari qurilishga kamroq, lekin uch-to‘rt marta ko‘proq ish haqi bilan yaxshiroq malakaga ega mutaxassislarni jalb qilmoqchi.
Gruziyaning 20 ta shahridan 19 tasida munitsipal saylovlarning ikkinchi bosqichida hukmron partiya nomzodlari g‘alaba qozondi. Muxolifat natijalarni tan olmadi, «murosasiz kurash»ga va’da berdi va miting e’lon qildi.
G20 sammitiga a’zo davlatlar «sayyoraning eng yomonlashgan ekotizimlariga alohida e’tibor bergan holda» 2030 yilgacha bir trln daraxt ekishni maqsad qildi. Rimda bo‘lib o‘tgan sammit doirasida imzolangan deklaratsiyada bu haqda aytilmoqda.
Jo Baydenning Rim papasi bilan uchrashgani, Ilon Masking insoniyatni Marsga o‘z hisobidan olib bormoqchi ekani, AQShning Tramp siyosatidan jabr chekkan migrantlarga 1 mlrd dollardan pul to‘lamoqchiligi, Finlyandiyada gazetaning uch jurnalisti davlat sirlarini oshkor qilishda ayblanayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Facebook o‘zining nomini Meta`ga o‘zgartirganini va odamlar muloqot qilishi, jamoalar yaratishi va biznesni rivojlantirishi mumkin bo‘lgan «metaolam» qurish haqidagi rejalarini e’lon qildi.
Jahon bankining Sudanga yordam berishni to‘xtatgani, Telegram tez orada reklama platformasini ishga tushirishi, Polsha Yevropa Ittifoqi qonunlariga amal qilmagani uchun kuniga 1 mln yevrodan jarimaga tortilgani, Qirg‘izistonda qishloq xo‘jaligi vazirining hozirgi va sobiq o‘rinbosarlari hibsga olingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
BMT Qochqinlar ishlari bo‘yicha boshqarmasining insonparvarlik yordami mamlakat hukumatining uni olib kirishga ruxsat bermagani sababli hozircha Termizdan Afg‘onistonga yetkazilgani yo‘q.
Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Forbes jurnali dunyoning eng boy odamlari reytingini tuzishni boshlagandan buyon eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Uning boyligi rekord darajadagi 271,3 mlrd dollarga yetgan.
Germaniya federal kansleri Angela Merkel vakolati rasman yakunlandi. Mamlakatda yangi hukumat tuzilgunga qadar Merkel mazkur vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritadi.
YouTube Braziliya prezidentini bir haftaga yangi video joylashtirish imkoniyatidan mahrum qilgani, Qozog‘iston afg‘on ayollarining parvozi uchun gumanitar tranzit yo‘lagi ajratayotgani, Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Ro De U 88 yoshida vafot etgani, Gretsiyada politsiya anarxist namoyishchilarga qarshi gazdan foydalangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Afg‘oniston poytaxtida ayollar o‘z huquqlarini talab qilib, «BMT sukunati — uyat», «Ayollar — odam», «Biz ochmiz» kabi shiorlar bilan namoyish o‘tkazdi. Ular BMTni «Tolibon»ga ayollar huquqlarini tan olishi uchun bosim o‘tkazishga chaqirdi.
«Tolibon» hukumati Kobul tepaliklarida ariqlar qazishga aholini jalb qilib, ish haqi sifatida bug‘doy tarqatishini ma’lum qildi. Dastur doirasida 40 mingdan ortiq odam ish bilan ta’minlanadi va kelgusi ikki oy ichida mazkur tashabbus boshqa viloyatlarda ham joriy qilinishi rejalashtirilgan.
Rossiyada COVID-19 ga chalinish holatlari ko‘paymoqda. Kuniga infeksiya aniqlanganlar soni 37 ming 930 taga oshdi, bu pandemiya boshlanganidan beri yangi maksimal ko‘rsatkich.
Rossiyaliklarning aksariyati ishlanmaydigan kunlarda O‘zbekistonga uchmoqchi ekani, Baydenning Xitoy bilan sovuq urushni xohlamasligi, Trampning yangi ijtimoiy tarmog‘iga xakerlar hujum qilgani, Belarusda niqob rejimi bekor qilingani, Aktyor Alek Bolduinni tasvirga olish paytida tasodifan operator va rejissyorni otib qo‘ygani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Lukashenkoning Belarus konstitutsiyasi avtoritar xarakterga egaligini ta’kidlagani, Janubiy Koreya o‘zining ilk kosmik raketasini fazoga uchirgani, Latviyada 15 noyabrgacha lokdaun joriy qilingani, Donald Tramp o‘zining shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ini yaratayotgani, Turk lirasi rekord darajada qadrsizlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Toliblar 150 ga yaqin jangchilarini tojik-afg‘on chegarasini qo‘riqlash uchun tayyorgarlikdan o‘tkazdi. Ta’kidlanishicha, ular Taxor aholisining xavfsizligini ham ta’minlashadi. «Biz harakat a’zolaridan va sobiq hukumat armiyasi harbiylaridan tashkil topgan muntazam armiya tuzmoqdamiz va boshqa davlatning bostirib kirishiga yo‘l qo‘ymaymiz», — dedi «Tolibon» bo‘linmalarining Mozori Sharif shahridagi qo‘mondoni Mavlavi Ataulla Omariy.
Nepalda uch kun mobaynida davom etayotgan kuchli yomg‘ir tufayli kelib chiqqan ko‘chkilar va suv toshqinlari oqibatida kamida 88 kishi halok bo‘ldi. 30 kishi bedarak yo‘qoldi.
Turkiyada chechen muxolifatchilariga qurolli hujum uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda ayblanayotgan to‘rt nafar rossiyaliklar, shuningdek Ukraina va O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi. Bundan tashqari, ular siyosiy va harbiy josuslikda ham ayblanmoqda.
Rossiyada yana karantin cheklovlari o‘rnatilgani, Yevroparlamentning Aleksey Navalniyni mukofotlagani, Facebook o‘z nomini o‘zgartirmoqchi ekani, Buyuk Britaniyada koronavirusning «delta» shtammidan ham kuchlirog‘i tarqalgani, bitkoin narxining rekord darajaga yetgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Rossiyada COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgani tufayli 30 oktabrdan 7 noyabrga qadar ishlaynmaydigan kunlar deb e’lon qilindi. Vaziyat «og‘ir» hududlarda ushbu muddat 23 oktabrdan boshlanishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting