Toshkentda shanba kuni bir vaqtning o‘zida bir qancha joylarda o‘tgan yillarda yopilgan ko‘cha qismlarini ochish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Mustaqillik shoh ko‘chasining Oqqo‘rg‘on, Abdulla Qodiriy va Sayram ko‘chasining 7-tor ko‘chasi bilan kesishgan qismlarida ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, Oybek va Fidokor ko‘chalari chorrahasidagi yo‘lovchilar o‘tish yo‘li ham qayta ochilmoqda.
Foto
Mustaqillik shoh ko‘chasining Oqqo‘rg‘on ko‘chasi bilan kesishmasi:
Mustaqillik shoh ko‘chasining Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasi:
Mustaqillik shoh ko‘chasi va Sayram 7-tor ko‘chasi kesishmasi:
Oybek ko‘chasidagi piyodalar o‘tish yo‘li: