Humo to‘lov tizimi baribir xususiylashtiriladi
Bugun, 18:24

Humo to‘lov tizimi baribir xususiylashtiriladi

Prezident qarori bilan Humo to‘lov tizimidagi davlat ulushi sotuvga chiqariladi. Noyabr oyining oxirida undagi davlat ulushi Davaktivga o‘tkazilgandi va o‘shanda gap protsessing markazini xususiylashtirish bilan bog‘liq emasligi aytilgandi.

O‘zbekistonlik futzalchilar Osiyo kubogida 3-o‘rinni oldi
Bugun, 15:15

O‘zbekistonlik futzalchilar Osiyo kubogida 3-o‘rinni oldi

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi ketma-ket 3-bor Osiyo kubogi bronza medalini qo‘lga kiritdi. Tojikiston bilan bahsning asosiy vaqtida 5:5 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa O‘zbekiston 1:3 hisobida g‘alaba qozondi (foto, video).

Sirdaryoda 3 kishining kuygan jasadi qotillik alomatlari bilan topildi
Bugun, 14:43

Sirdaryoda 3 kishining kuygan jasadi qotillik alomatlari bilan topildi

Sirdaryo tumanida bir oiladan uch nafar shaxsning kuygan jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. Holat yuzasidan o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tojikiston fuqarolariga vaqtincha Rossiyaga bormaslikni tavsiya qildi
Bugun, 10:06

Tojikiston fuqarolariga vaqtincha Rossiyaga bormaslikni tavsiya qildi

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga o‘ta zarurat bo‘lmasa, Rossiya hududiga barcha turdagi transportlarda sayohat qilishdan vaqtincha tiyilishga chaqirdi.

O‘g‘lini kaltaklab, o‘zi bilan birga ketishga majburlagan ota 5 sutkaga qamaldi
Kecha, 22:36

O‘g‘lini kaltaklab, o‘zi bilan birga ketishga majburlagan ota 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda tog‘asi bilan birga yurgan o‘g‘lini olib ketishga urinib, uni kaltaklagan erkak 5 sutkaga qamaldi. Aniqlanishicha, yigit ota-onasining muntazam janjallari sababli ular bilan yashashni istamagan. Fevral oyida bolaning onasiga himoya orderi ham berilgani ma’lum bo‘ldi.

“Yordam berish burchimizdir” — Sankt-Peterburgdagi yong‘indan odamlarni qutqargan o‘zbekistonlik ko‘cha tozalovchisi
Kecha, 22:10

“Yordam berish burchimizdir” — Sankt-Peterburgdagi yong‘indan odamlarni qutqargan o‘zbekistonlik ko‘cha tozalovchisi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi yong‘in vaqtida o‘zbekistonlik ko‘cha tozalovchisi Olimjon Ibrohimov trubada uchinchi qavatga ko‘tarilib, bir necha kishini qutqarib qoldi. U bir vaqtlar desantchi bo‘lib xizmat qilgani haqida gapirib berdi. “Yordam berish burchimizdir, Xudo hammani ko‘rib turibdi”, — dedi u.

Poytaxt hokimi Toshkent ekologiyasidan qanchalik xavotirda?
Kecha, 21:45

Poytaxt hokimi Toshkent ekologiyasidan qanchalik xavotirda?

Toshkent hokimi “Gazeta.uz” muxbirining “Poytaxt ekologiyasi sizni xavotirga soladimi?” degan savoliga javoban shunday dedi: “Xavotirga solgani uchun 75 gektarda istirohat bog‘larini qurdik, hozir yana 25 gektarda yashil hududlar barpo etyapmiz. Har bir quruvchiga daraxt va buta ekishni majbur qilib qo‘ydim”.

Volkswagen va Volvo O‘zbekiston fuqarolarini Slovakiyaga ishga taklif qilmoqda
Kecha, 17:30

Volkswagen va Volvo O‘zbekiston fuqarolarini Slovakiyaga ishga taklif qilmoqda

Slovakiyaning Volkswagen va Volvo kompaniyalari haydovchilik, avtomobil ishlab chiqarish, kabel agregatlarini yig‘ish, montaj, avtomobillarni sinovdan o‘tkazish kabi yo‘nalishlarda O‘zbekistondan ishchilarni taklif etmoqda. Ish haqi 1200−1700 yevrodan boshlanadi.

Prezident davlat muassasalarini Yangi Toshkentga ko‘chirish bo‘yicha taklif tayyorlash topshirig‘ini berdi
Kecha, 15:59

Prezident davlat muassasalarini Yangi Toshkentga ko‘chirish bo‘yicha taklif tayyorlash topshirig‘ini berdi

O‘zbekiston prezidenti bosh vazir boshchiligidagi muvofiqlashtiruvchi kengashga uch oy muddatda vazirlik va idoralarni Yangi Toshkentga ko‘chirish bo‘yicha taklif kiritishni topshirdi.

Toshkent hokimi — tirbandlik, yo‘l va bekatlarning holati hamda mikromobillikka o‘tish haqida
Kecha, 14:18

Toshkent hokimi — tirbandlik, yo‘l va bekatlarning holati hamda mikromobillikka o‘tish haqida

Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov yo‘llarni yaxshilash uchun 500 mln dollarlik loyiha ishlab chiqilgani, shuningdek, bekatlar va tirbandlikni keltirib chiqarayotgan 30 ta eng katta chorrahani tartibga solish rejasi borligini bildirdi. Hokim odamlarni mikromobillikka o‘rgatish muhimligini ham ta’kidladi.

Navoiyda maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi Matiz YTHga uchradi. Ikki bola halok bo‘ldi
Kecha, 11:24

Navoiyda maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi Matiz YTHga uchradi. Ikki bola halok bo‘ldi

Navoiy viloyatida Matiz avtomashinasida uch nafar maktab o‘quvchisi YTHga uchradi. Ulardan ikki nafari voqea joyida vafot etdi, biri og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.

“Taqiqlar amalda ishlamayapti”. O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirishdan maqsad nima?
Kecha, 11:14

“Taqiqlar amalda ishlamayapti”. O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirishdan maqsad nima?

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bukmekerlik faoliyati qonuniylashtirilishiga izoh berdi. Ta’kidlanishicha, mavjud taqiqlar “amalda ishlamayapti”. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatdan mablag‘larning chiqib ketishi yiliga 350 mln dollardan 1 mlrd dollargachani tashkil qilmoqda.

Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning 2 sherigi qamaldi
Kecha, 10:13

Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning 2 sherigi qamaldi

Chilonzor tumani sudi 40 yoshli ayolni firibgarlik bilan 80 dan ortiq kishining nomiga kredit evaziga texnika mahsulotlarini xarid qilib kelgani uchun 5 yilu 2 oyga ozodlikdan mahrum etdi. U bungacha ham 12 marta sudlangan. Shuningdek, bu ishda ayolga yordam bergan ikki yigit 5,5 yilga qamaldi.

O‘zbekiston futbolchilari U-23 Osiyo kubogi yarim finaliga chiqdi (+ video)
26 aprel 2024, 21:53

O‘zbekiston futbolchilari U-23 Osiyo kubogi yarim finaliga chiqdi (+ video)

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, U-23 Osiyo kubogi yarim finaliga chiqdi (statistika, video, foto).

O‘zbekistonda 2025-yildan bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi
26 aprel 2024, 19:59

O‘zbekistonda 2025-yildan bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-yanvardan tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi. Bu qimor o‘yinlariga qaramlikning oldini olish va unga qarshi kurashish, mablag‘larning mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan, deb yozdi ILMA.

“Bog‘ning menejeri davlat bo‘lishi noto‘g‘ri. Butun dunyoda shunaqa” — Toshkent hokimi (video)
26 aprel 2024, 18:30

“Bog‘ning menejeri davlat bo‘lishi noto‘g‘ri. Butun dunyoda shunaqa” — Toshkent hokimi (video)

Toshkent shahri hokimi “Gazeta.uz”ga Qodiriy va Do‘stlik bog‘larining ijaraga berilishini izohlar ekan, bog‘larga davlat menejer bo‘lmasligi kerakligini aytdi. “Butun dunyoda shunaqa”, — dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, yashil hududning kvadrat metrini saqlash 20−50 dollar turadi — bu davlat budjeti uchun katta yuk.

Yakkasaroy tumani hokimiyati huquqshunosi maktab basseynida cho‘milgan vaqti vafot etdi
26 aprel 2024, 17:18

Yakkasaroy tumani hokimiyati huquqshunosi maktab basseynida cho‘milgan vaqti vafot etdi

Poytaxtning Yakkasaroy tumani hokimiyati huquqshunosi tumanda joylashgan maktabdagi basseynda cho‘milganda ahvoli yomonlashib vafot etdi. Bosh prokuratura o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinladi.

Toshkent aeroportida yangi yuk terminali 2 bosqichda quriladi
26 aprel 2024, 15:59

Toshkent aeroportida yangi yuk terminali 2 bosqichda quriladi

Toshkent xalqaro aeroportida yiliga 120 ming tonna yuk tashish quvvatiga ega yangi yuk terminali quriladi. Hozirgi terminal 30 ming tonna sig‘imga ega, biroq 2024-yilda u ikki barobardan ko‘proq yuk va pochta jo‘natmalarini qabul qilishi kutilmoqda.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (27−28-aprel)
26 aprel 2024, 15:47

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (27−28-aprel)

O‘zbek tilidagi “Jentlmencha bo‘lmagan ishlar vazirligi” va “Yakshanba” filmlari hamda yana 8 ta kinopremyera, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, Xalqaro jaz festivali, konsertlar, ko‘rgazmalar, bolalar uchun shou-dasturlar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Toshkentda bolalar orasida isitma va tomoq og‘rig‘i ortgani rad etildi
26 aprel 2024, 15:41

Toshkentda bolalar orasida isitma va tomoq og‘rig‘i ortgani rad etildi

Tarmoqlarda Toshkent shahrida yosh bolalar orasida isitma va tomoq og‘rig‘i ortib, shifoxonalarga murojaatlar ko‘paygani haqida video tarqaldi. SSBB bu xabarlar asossiz ekani, bemorlar soni tunda birmuncha ko‘p bo‘lishi va ular boshqa kasalliklar bo‘yicha ham murojaat qilayotganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting