7−9-oktyabr kunlari Ruminiyaning Ployeshti shahrida o‘smir yigit va qizlar (17−18 yosh) hamda 19−20 yoshli yigit-qizlar (yunior) o‘rtasida sambo bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada dunyoning 32 mamlakatidan 374 nafar sportchi ishtirok etdi, deya xabar qildi O‘zbekiston sambo federatsiyasi “Gazeta.uz"ga.
25 sambochi bilan 6 medal — 2 oltin, 3 kumush va 11 bronza medalini jamg‘argan milliy terma jamoa umumiy hisobda Rossiya va Gruzidan keyingi uchinchi o‘rinni band etdi.
Ubaydullo Mo‘minov (60 kg, o‘smir) va Fazliddin Xolmatov (68 kg, yunior) musobaqa shohsupasining eng yuqori pog‘onasini band etdi.
Shahzod Tagiyev (57 kg, yunior), Mironshoh Sultonov (74 kg, yunior) va Klara Darmenbayeva (60 kg, qizlar) kumush medal sohiblariga aylandi.
Botir Azamov (56 kg, o‘smir), Jasur Sodiqov (81 kg, o‘smir), Ulug‘bek Mamajonov (48 kg, yunior), Avazbek Abdujalilov (52 kg, yunior), Elyor Xojimamatov (82 kg, yunior), Parviz Halimov (100 kg, yunior), Madina Turg‘unboyeva (44 kg, qizlar), Xojinsa Komoldinova (65 kg, qizlar), Nilufar Rahmonova (48 kg, yunior), Irina Kulakova (64 kg, yunior), Sojida Savriyeva (+80 kg, yunior) bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Roman Shakirov — sambo bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi.