15 va 16 oktyabr kunlari Toshkentda an’anaviy “Tashkent Urbaniya 2016” yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi, deya xabar qildi “Turkiston-press” NAA, tadbir Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, “Kamolot” harakati, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi va O‘zbekiston Ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi hamkorligida o‘tkaziladi.
“Bolalar san’at va ijod markazi” bog‘i (sobiq Ekopark)da o‘tkaziluvchi festivalda sportning ekstremal shahar turlari bo‘yicha professional va ishqiboz ishqibozlari jam bo‘ladi. Festival shiori: “Yoshlar — sog‘lom turmush tarzi uchun”.
Tadbir Ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi qoshida tashkil etiladigan sportning shahar turlari bo‘yicha to‘garaklarga bolalar va o‘smirlarni jalb etishga qaratilgan.
“Bu yil 200 kishining chiqish qilishini kutayapmiz, — dedi federatsiya rahbari Leonid Kozlovskiy. — Joriy yilda festival 15-bor o‘tkazilmoqda. Avvaliga u „Ekstrim narkotiklarga qarshi“ edi… Bu yerda har kim o‘z iqtidorini namoyish etishi mumkin”.