18 oktyabr kuni Farg‘ona viloyati hududida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining reja asosida parvoz qilgan Mi-171 vertolyoti halokatga uchradi.
Halokat oqibatida 3 ekipaj a’zosi va vertolyotda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 6 harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi, xabar berdi Mudofaa vazirligining matbuot xizmati.
Aviahalokat sabablarini tekshirish bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etildi.
O‘zbekiston rahbariyati halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.