2008ғyilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan to‘qqiz nafar sportchi, jumladan, olti sovrindor doping-namunalar qayta tahlilidan so‘ng diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) saytida xabar qilindi.
Chorshanba kuni XOQ namunalari ilmiy tahlilning eng zamonaviy usullari yordamida qayta tekshiruvdan o‘tganida ijobiy natija bergan sportchilarga nisbatan sanksiyalar qo‘lladi. Bu 2015ғyil avgustida boshlanib, Jahon antidoping agentligi (WADA) va xalqaro federatsiyalarni o‘ziga jalb etgan ma’lumotlar yig‘ish jarayonining natijasidir.
Namunadagi ijobiy natija O‘yinlarning kumush medal sovrindori o‘zbekistonlik erkin kurashchi Soslan Tigiyevda ham aniqlandi. Uning qonida taqiqlangan turinabol (4-xlorodegidrometiltestosteron) moddasi mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, Olimpiada-2008 ning quyidagi medalchilari: qozog‘istonlik erkin kurashchi Taymuraz Tigiyev (kumush), ukrainalik og‘ir atletikachi Olga Korobka (kumush), beloruslik og‘ir atletikachi Andrey Ribakov (kumush), belroruslik og‘ir atletikachi Anastasiya Novikova (bronza) va rossiyalik yengil atletikasi Yekaterina Volkova (bronza) ham mukofotlardan mahrum etildi.
Pekindagi O‘yinlarda medallarni qo‘lga kirita olmagan ozarbayjonlik og‘ir atletikachi Sardar Gasanov, kubalik balandlikka sakrovchi Vilfredo Martines (5-o‘rin) va ispaniyalik to‘siqlar osha yuguruvchi Jozefin Onyaning ham taqiqlangan preparatlar qabul qilgani ma’lum bo‘ldi.
Bundan avvalroq XOQ Pekin va London Olimpiya o‘yinlarida olingan doping namunalarni ikki karra qayta tahlildan o‘tkazgan, natijada o‘zbekistonlik erkin kurashchi Artur Taymazov oltin medaldan mahrum etilgan edi.