UZINFOCOM markazi ishtirokchilari “O‘zbekistonning yetti mo‘'jizasi” aniqlagan internet-aksiyasi yakunlarini o‘tkazdi.
O‘tgan yildan buyon Meros.uz saytida bo‘lib o‘tgan ovoz berishlar yakuniga ko‘ra quyidagi yetakchilar aniqlab olindi:
- Registon ansambli (Samarqand);
- Igor Savitskiy nomidagi san’at muzeyi (Nukus);
- Toshkent teleminorasi (Toshkent);
- Forumlar saroyi (Toshkent);
- Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi (Samarqand);
- Ichan qal’a qadimiy shahri (Xiva);
- Go‘ri Amir maqbarasi (Samarqand).
Taqdirlash marosimi INFOLIB-2016 kutubxona haftaligi doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tdi.
Yetti ob’ekt rahbarlariga O‘zbekistonning yetti mo‘'jizasidan biri maqomini tasdiqlovchi xotira sertifikat-taxtachalari topshirildi.