12-noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van I rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi, xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

XXR TIV rahbari bilan Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki tomonlama uchrashuvlar davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari hamda mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilinadi.

Xitoy delegatsiyasi tashrifi dasturidan Samarqand shahrida bo‘lish ham o‘rin olgan.