Turkiya Prezidenti Rejep Tayip Erdo‘g‘on juma kuni Samarqanddagi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov dafn etilgan maskanga tashrif buyurib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bu haqda Turkiya rahbari saytida xabar qilindi.

Rejep Tayip Erdo‘g‘on boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasini O‘zbekiston Prezidenti v. b. Shavkat Mirziyoyev kuzatib bordi. O‘zbekiston Musulmonlar idorasi rahbari Usmonxon Alimov tomonidan qilingan tilovatdan so‘ng Rejep Tayip Erdo‘g‘on va Shavkat Mirziyoyev muzokaralar olib borish uchun otlandi.

Foto