O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi respublikaning har bir hududida “Jamoatchilik qabulxonalari"ni ishga tushirdi, xabar qildi federatsiya matbuot xizmati “Gazeta.uz"ga.

"Jamoatchilik qabulxonalari" ijtimoiy-mehnat munosabatlari, mehnat qonunchiligi sohasida fuqarolarga, shuningdek, faoliyatini endi boshlamoqchi bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga bepul huquqiy yordam ko‘rsatiladi.

Bepul maslahat olish uchun Kasaba uyushmalari federatsiyasining 1092 ishonch telefoniga murojaat qilish mumkin.