Kelgusi yil boshidan Amudaryo orqali o‘tib, O‘zbekiston hamda Turkmaniston transport magistrallarini bog‘laydigan avtomobil va temir yo‘y ko‘priklari foydalanishga topshiriladi.

Bu haqda shanba kuni Ashxobodda BMT shafeligida bo‘lib o‘tayotgan Transport barqarorligi bo‘yicha global konferensiyada Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda mazkur mamlakat Davlat axborot agentligi.

Gurbanguli Berdimuhamedovning qayd etishicha, yangi ko‘priklar mintaqada eng yirigi bo‘lib, har ikki tomondan transport oqimi harakatini sezilarli darajada tezlashtirishga xizmat qiladi.