29-noyabr kuni Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz"da birinchi Xalqaro restoran va kafelar ko‘rgazmasi — Expo Restaurant & Café 2016 ochilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ovqatlanish va mahsulotlar yetkazib berish sanoati korxonalari bilan bir qatorda, mazkur bozorni xodimlar, intererlarning dizaynerlik yechimlari, ish kiyimlari va maxsus liboslar, idish-tovoq, mebel va uskunalar, himoya tizimlari va boshqalar bilan ta’minlovchi kompaniyalar ishtirok etmoqda.

Expo Restaurant & Café ko‘rgazmasida bir qator yangi loyihalar, masalan, qishning birinchi oyida ochilishi rejalashtirilgan “Tryufel” restorani ham taqdim etildi. Ommani hayratlantirish va keng jalb qilish uchun restoran ko‘rgazma stendiga muassasaga nomi berilgan qimmatbaho qo‘ziqorin taqdim etilgan.

“O‘zekspomarkaz"da mavsumdagi eng so‘nggi hisoblangan ko‘rgazma 1-dekabrga qadar davom etadi. Mehmonlarni ekspozitsiyalardan tashqari, ishbilarmonlik va ko‘ngilochar dasturlar, jumladan, mutaxassislarning trening va chiqishlari, sovrinli o‘yinlar va mater-klasslar kutmoqda.

Foto