O‘zbek oshi insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida YUNESKOning Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqdagi qaror 1-dekabr kuni Nomoddiy madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish qo‘mitasining Efiopiyada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qabul qilindi, deya xabar qildi xalqaro tashkilot matbuot xizmati.
Guruch, go‘sht, ziravorlar va sabzavotlardan tayyorlanuvchi an’anaviy taom har kunlik iste’mol va bayramlarda, shuningdek, alohida hollar — vafot etganlarni xotirlash uchun uyushtiriladigan sahovat tadbirlarida keng tanovvul qilinadi.
Oshdan tashqari, Reprezentativ ro‘yxatga Navro‘z bayrami, “oshi-palav” — tojik oshi, rumin gilamchiligi, turlarning “chini” naqshlari va sopol taxtacha tayyorlash san’ati, Vena vinochilik bayrami, Meksikaning “cherreriya” ot an’anasi va boshqalar ham kiritildi.
Insoniyatning nomoddiy madaniy yodgorliklari Reprezentativ ro‘yxatiga nomoddiy yodgorliklarning xilma-xilligini namoyon etuvchi va uning muhimligini to‘la-to‘kis anglashga ko‘maklashuvchi elementlar kiritiladi.