O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Van der Bellenni Avstriya Respublikasi Federal Prezidenti etib saylanganligi bilan tabrikladi, deya xabar qildi mamlakat TIV matbuot xizmati.

Maktubda ta’kidlanganidek, mamlakatlarimiz siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi sermahsul hamkorlikni izchil rivojlantirish va kengaytirish uchun keng imkoniyatlarga ega.

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Van der Bellenning yuqori lavozimdagi faoliyati mamlakatlar va xalqlar farovonligiga yo‘naltirilgan O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi har ikki tomon manfaatlarini hurmat qilish va hisobga olishga asoslangan an’anaviy do‘stona va yaqin munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.