9−10 dekabr kunlari Dubayda (Birlashgan Arab Amirliklari) qizlar o‘rtasida badiiy gimnastika bo‘yicha Dubai International Junior Championship xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Zarrina Abdullayeva «Gazeta.uz"ga.

Musobaqada 12 mamlakat — Rossiya, Chexiya, Ukraina, Ozarbayjon, Armaniston, Xitoy, Qozog‘iston, Livan, BAA va boshqalardan 26 jamoa ishtirok etdi. O‘zbekiston nomidan «Kamolot-sport — salomatlik» jamoasi qatnashdi.

Ikki musobaqa kuni yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi barcha yosh toifalarida 13 medal — 10 oltin va 3 kumun medalni qo‘lga kiritdi.
Laziza Mirzakarimova uch turda (obruch, skakalka va ko‘pkurash) oltin medalga sozovor bo‘ldi. Diyora Mannanova, Diyora Hamidullayeva, Gayane Tevosyan va eng yosh gimnastikachi Afsona Shukurova (5 let) — bittadan «oltin», Aisha Matyoqubova — uch «oltin» va bir «kumush», Alyora Ravshanova va Lola Tohirova — bittadan kumush medalni qo‘lga kiritdi.
