Foto: Ўзбекистон Армрестлинг федерацияси
Armrestling bo‘yicha O‘zbekistonning mutlaq chempionlari nomi ma’lum bo‘ldi (+foto)
Armrestling bo‘yicha O‘zbekiston mutlaq chempionligi uchun 20 nafar eng kuchli sportchi bellashdi.
Кириллчада
15 dekabr 2016, 17:16
Sport
10−11 dekabr kunlari Toshkentda armrestling bo‘yicha terma jamoa bosh murabbiyi Pavl Dokuayev xotirasiga bag‘ishlangan O‘zbekiston mutlaq chempionati bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi Armrestling federatsiyasi «Gazeta.uz"ga.
Armrestling bo‘yicha respublikaning mutlaq chempionlarini aniqlash uchun 300 nafardan ziyod sportchilar ishtirokida viloyatlarda saralash bosqichlari o‘tkazilib, ulardan faqatgina 20 nafari finalga yetib keldi.
Ikki musobaqa kuni yakunlanlariga ko‘ra, mutlaq vazn toifasida chap qo‘lda Dmitriy Dokuchayev (Toshkent viloyati) g‘olib chiqdi, ikkinchi o‘rinni Aziz Tojiyev (Toshkent viloyati), «bronza"ni esa Husan Sagdiyev (Samarqand viloyati) egalladi.
O‘ng qo‘ldagi bellashuvlarda esa Qudratulla Niyoziy (Andijon viloyati) oltin, Aziz Irmatov kumush va Abror Rustamov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Musobaqa davomida O‘zbekiston Armrestling federatsiyasida yil yakunlari o‘tkazilib, 2017 yildagi maqsadlar belgilab olindi.
Foto
Telegram kanalga a'zo bo‘ling