Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z qarori bilan bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan shakllantirilgan hukumatning yangi tarkibini tasdiqladi. 15-dekabr kuni bosh vazir o‘rinbosarlari ro‘yxati hukumat portaliga joylashtirildi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Achilbay Ramatov tayinlandi. Endilikda u AJ boshqaruvi raisligini ham o‘zida saqlab qoladi.
2010-yildan buyon Samarqand viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Zoyir Mirzayev bosh vazir o‘rinbosari bo‘lib, qishloq va suv xo‘jaligi vaziri lavozimida ish olib boradi.
2010-yildan Kasaba uyushmalari federatsiyasini boshqarib kelayotgan Tanzila Narbayeva bosh vazir o‘rinbosari va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi
Aripov Abdulla Nigmatovich
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri
(Ta'lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamenti, Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti)
Ramatov Achilbay Jumaniyazovich
bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish va kurilish industriyasi masalalari kompleksining rahbari
(Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti, Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti)
Azimov Rustam Sodiqovich
bosh vazir o‘rinbosari
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish kompleksining rahbari
(Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari axborot-tahlil departamenti)
Mirzayev Zoyir Toirovich
bosh vazir o‘rinbosari
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri — Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksining rahbari
(Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti)
Ibragimov G‘ulomjon Inomovich
bosh vazir o‘rinbosari
Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari
(Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti)
Rozukulov Ulug‘bek Ubaydullayevich
bosh vazir o‘rinbosari, “O‘zavtosanoat” aksiyadordik kompaniyasi boshqaruvi raisi
Eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari
(Iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti, Mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti)
Ikramov Adxam Ilxamovich
bosh vazir o‘rinbosari
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri, Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari
(Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti)
Narbayeva Tanzila Kamalovna
bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi