O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Muhammad V Yang di-Pertuan Agong XV ni Malayziya Podshohi sifatida taxtga o‘tirgani munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etdi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

«Aminmanki, O‘zbekiston va Malayziya orasidagi o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan hamda tobora mustahkamlanib borayotgan keng qamrovli va uzoq muddatli hamkorlik aloqalari do‘st xalqlarimiz ravnaqi yo‘lida bundan keyin ham izchil rivojlanaveradi» deb ishonch bildirdi davlat rahbari o‘z maktubida.

Shavkat Mirziyoyev a’lo hazratlariga uzoq umr, sihat-salomatlik va faoliyatida ulkan zafarlar, birodar Malayziya xalqiga esa tinchlik, farovonlik va doimiy taraqqiyot tiladi.