16-dekabr kuni Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning taklifi bilan Navoiy viloyatining sobiq rahbari Erkin Turdimov Surxondaryo viloyati hokimi etib tayinlandi. 2015-yil yanvaridan Surxondaryo viloyati ma’muriyatiga rahbarlik qilib kelayotgan sobiq hokim Tojimurod Mamaraimov ushbu hududdagi Qiziriq tumani hokimi lavozimini egalladi.
47 yoshli Turdimov Samarqand viloyatida tavallud topgan. 1991-yildan 1995-yilgacha “O‘zsanoatqurilishbank"ning hududiy bo‘limlarida xizmat qilgan.1996-yilgacha Zarafshon hokimi o‘rinbosari bo‘ldi. 1996-yildan 2000-yilgacha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Navoiy bo‘limida ishlab, Navoiy viloyati Xatirchi tuman hokimiyatiga boshchilik qildi. 2008-yilda Navoiy viloyati hokimligiga tayinlanguniga qadar esa Turdimov qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.