2016 yil 20 dekabrda Moody’s Investors Service Asia Alliance Bank ATBning milliy va xorijiy valyutalardagi depozitlari uzoq muddatli reytinglarini B3 darajadan B2 darajagacha oshirdi.

Shu bilan bir vaqtda, reyting agentligi moliyaviy barqarorlik banki mustaqil reytingini B3 darajadan B2 darajagacha va uning uzoq muddatli kontragenti tavakkalchiliklari baholanishi (CR baholanishi)ni B2 darajadan B1 darajagacha oshirdi hamda milliy va xorijiy valyutalardagi depozitlarning qisqa muddatli reytinglarini «Praymdan tashqari (NP)» darajasida tasdiqladi.

Barcha uzoq muddatli depozitlar bo‘yicha prognoz «Barqaror».

Asia Alliance Bank ATB reytinglarining barqaror prognoz bilan oshirilishi bank tavakkalchiliklar bo‘yicha ko‘rsatkichlarining yaqinda yaxshilanganligi bilan bog‘liq bo‘lib, bankning kredit tavakkalchiligiga moyilligi pasayishini, barqaror moliyaviy ko‘rsatkichlar saqlanishini, biznes diversifikatsiyalanishi kuchayishini va filial tarmog‘i kengayishini aks ettiradi.

Asia Alliance Bank ATB mablag‘ (kapital) yetarliligi kuchli ko‘rsatkichlarining qo‘llab-quvvatlanishini davom ettiradi, 2016 yil 30 sentyabrdagi holat bo‘yicha Asia Alliance Bank ATB 1-darajali mablag‘i (kapitali) va umumiy CAR (Bazel I, Xalqaro moliyaviy hujjatlar standartlari (XMHS)ga muvofiq) 2015 yil oxiridagi 20,76%ga nisbatan 23,4%ni tashkil qildi.

Asia Alliance Bank ATBning yuridik shaxslar past qiymatli depozitlaridan yaxshi foydalanilganligi va jismoniy shaxslarning qimmatli depozitlariga cheklangan bog‘liqligi, shuningdek bankning vositachilik (komissiya) daromadlarini yuzaga keltirish yuqori imkoniyati tufayli rentabellikning yanada kuchli (B3/B2 reytinglariga ega banklarga nisbatan) ko‘rsatkichlarini aks ettirdi.

Asia Alliance Bank ATBning 2016 yil 9 oyi mobaynidagi sof foydasi 29 mlrd. so‘mni tashkil qilib, bu 3,6% (2015 yilda 3,9% va 2014 yilda 4,5%) miqdorida o‘rtacha aktivlar rentabelligini ko‘rsatadi. Bankning 2015−2016 yillardagi moliyaviy natijalari katta daromadlar oqimi va past fondlash qiymati bilan bog‘liq sof foizli daromadning sezilarli oshirilishi orqali ta’minlandi.

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan.