O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni 2017-yil 2-yanvarni dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi, deb xabar qildi O‘zA.

“Fuqarolar va respublika jamoat tashkilotlarining ko‘plab murojaatlarini hisobga olib, dam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida hamda yangi 2017-yil nishonlanishi munosabati bilan 2017-yil 2-yanvar — dushanba dam olish kuni deb e’lon qilinsin”, — deyiladi farmoyishda.