“Suvsoz” korxonasi 4-yanvar soat 20:00 dan 5-yanvar 22:00 ga qadar Toshkentning ayrim tumanlarida sovuq suv bosimi pasayishi to‘g‘risida xabar qildi. Bu vaqtda ta’mirlash-profilaktika va bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borish rejalashtirilgan.
Olmazor tumani
- B-1, “Chustiy” mahallasi, 218-maktab, “Registon” restorani, MXX shifoxonasi.
- B-3, “Navoiy” mahallasi, 46-maktab, 569-bolalar bog‘chasi, “Tinchlik” restorani.
- “Beruniy maydoni” mahallasi, “Fazo” restorani.
- S-17, 18, “Sebzor”, “Yangi Sebzor”, “Taxtapul” mahallalari, 22, 310-maktablar, 269, 28, 551, 233,190-bolalar bog‘chalari, yengil sanoat kasb-hunar kolleji, 9,15-oilaviy poliklinikalar, “Sharshara”, “Ipak yo‘li”, “Oftob” restoranlari.
- “Xonchorbog‘” mahallasi, 119-maktab.
- “Aloqa”, “Niyozova”, “Farobiy”, “Chimboy-2”, “Qorasaroy”, “Guzarboshi”, “Qo‘shtut”, “Allon”, “Eski Shahar”, “Qumloq”, “Xofiz Ko‘hakiy”, “Ismoil Shoshiy”, “Istiqlol” mahallalari.
- Abdulla Qodiriy ko‘chasining G‘ofur G‘ulom ko‘chasidan Farobiy va Chig‘atoy darvoza ko‘chalariga qadar.
- O‘zbekiston Milliy banki.
- Beruniy ko‘chasidagi non zavodi.
- Farobiy va Mirzo G‘olib ko‘chalari.
- Talabalar shaharchasi.
Shayxantoxur tumani
- S-26, 27, 28, “Gulobod”, “Bog‘ko‘cha”, “Sarxumdon” mahallari, 41, 102, 247-maktablar, 445, 343, 140, 27, 321, 243, 24-bolalar bog‘chasi, 35-oilaviy poliklinika, 242-ATS, “Versal” restorani.
- Qoratosh mavzesi, “Qoratosh”, “Chaqar” mahallalari, 324-maktab, 226, 607-bolalar bog‘chalari, Chorsu mavzesi, “Chorsu” mahallasi, 82-maktab, 497-bolalar bog‘chasi, Beshyog‘och mavzesi, “Yangi Komolon” mahallasi, 84-maktab, 491, 567-bolalar bog‘chalari.
- “Xuvaydo”, “Gulbozor”, “Suzuk-ota”, “Islomobad”, “Oqlon”, “Shofayz”, “Yangishahar”, “Obinazir”, “Koxota”, “O‘zbekistan” va “Taxtapul” mahallalari.
- Sirk, Chorsu bozori, “Jar” sport kompleksi.
- 1-bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi.
- Navoiy ko‘chasining Samarqand darvoza ko‘chasidan Furqat ko‘chasiga qadar qismi.
- Samarqand Darvoza ko‘chasi Navoiy ko‘chasidan Termiz ko‘chasigacha.
- 1-shahar klinik shifoxonasi va tug‘ruqxona.
- RK-3.
- Abror Xidoyatov nomidagi teatr.
- Milliy akademik drama teatri.
Yunusobod tumani
“Jomiy” mahallasi, Naqshbandiy, Mukarrama Turg‘unboyeva, Mirtemir, Taxtapul, Bog‘cha, Bog‘iravon va Gulg‘uncha ko‘chalari, RK-4.
Uchtepa tumani
RK-5, Shayxzoda va Farhod ko‘chalari.
Chilanzor tumani
Lutfiy ko‘chasi Farhod ko‘chasidan Katta Hirmontepa ko‘chasigacha, Katta Hirmontepa ko‘chasi Farhod ko‘chasidan Shirin ko‘chasigacha, Qurilish ko‘chasi.