Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonov 11 yanvar kuni Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Daniyar Sidikov bilan uchrashdi.
Qirg‘iziston elchixonasi saytining xabar qilishicha, tomonlar ikki mamlakat poytaxtlarining savdo-iqtisodiy va madaniy -gumanitar hamkorligi masalalarini muhokama etishgan.
Jumladan, qo‘shma korxonalar tashkil etish, turli sohalar, xususan, turar-joy kommunal va transport jabhalarida tajriba almashish bilan bog‘liq biznes-forumlar, davra suhbatlari o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, yaqin istiqbolda ikki davlat poytaxtlari madaniyat kunlarini o‘tkazish muhokama qilindi.