3-fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakolatxonasining yangi tayinlangan rahbari Lianne Kuppensni qabul qildi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.
Lianne Kuppens o‘zining O‘zbekistonga tayinlangani to‘g‘risidagi JSST Bosh direktori Margaret Chenning maktubini vazirga topshirdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va JSST o‘rtasidagi hamkorlikning holati va rivojlanish istiqbollari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni va O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan vazifalar doirasidagi hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.