17−22 fevral kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda, deb xabar qildi O‘zgidromet.
17−19-fevral kunlari respublika hududi bo‘ylab kuchli yog‘ingarchiliklar (yomg‘ir va qor) bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
20−22-fevral kunlari havo harorati kechasi −7…−12, kunduzi — 0…-5 daraja bo‘ladi.
16−22-fevral kunlari mamlakat bo‘ylab qor ko‘chkisi va sel kelishi xavfi saqlanib qoladi.
16-fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, kechasi yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi — 0…-2, kunduzi — +10…+12 daraja bo‘ladi.