Toshkent IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi poytaxt chorrahalarida qoidabuzarliklarni foto va video qayd etish to‘xtatilgani to‘g‘risidagi gap-so‘zlarni rasman inkor qildi.
YHXB vakili «Gazeta.uz"ga ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda tarqalgan ushbu gap-so‘zlarga izoh berar ekan, ularni ishonchsiz deb atadi. Kameralar barcha ular o‘rnatilgan 115 ta chorrahada odatdagi rejimda ishlamoqda.
Boshqarma vakili haydovchilarni gap-so‘zlarga ishonmaslik va Yo‘l harakat qoidalariga rioya etishga chaqirdi.