O‘zbekiston vakillari muay-tay WMF bo‘yicha jahon chempionatida 17 ta medalni qo‘lga kiritgan holda umumiy hisobda birinchi o‘rinni egalladi. Musobaqa 11−18 mart kunlari Tailandning Bangkok shahrida bo‘lib o‘tdi.
Jahon birinchiligi 12−15, 15−19 va 19−37 yosh toifalari bo‘yicha havaskor sportchilar hamda 19−37 yoshdagi professionallar (PRO-AM) o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
![](https://www.gazeta.uz/media/img/2017/03/CLb5g514902521373782_b.jpg)
O‘zA xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchilar 8 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shoxruz Jo‘rayev, Aslam Ortiqov, Sirojiddin Islomov, Mironshox Ubaydullayev, Sheroz Xolmirzayev, Sharofiddin Sadullayev, Sunnatillo Rashidov va Sherzod Ergashev shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
![](https://www.gazeta.uz/media/img/2017/03/AoER2z14902521464720_b.jpg)
Bobir Hakimov, Tohirjon Olimjonov, Doston Malikov, Temur Bultakov va Madinabonu Qodirova vitse-chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Umarjon Ahmadjonov, Biloliddin Norxo‘jayev, Furqat Yusupov va Mirshod Jumayev bronza medalini qo‘lga kiritdi.