28−29-mart kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov rasmiy tashrif bilan Fransiya Respublikasida bo‘ladi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.
Parijda u Markaziy Osiyo davlatlari va Fransiya tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etadi.
Tashrif davomida Parij shahrida Fransiya tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Jan-Mark Ero, Fransiya taraqqiyot agentligi va Fransuz korxonalari harakati MEDEF rahbariyati bilan muzokaralar olib borish ham ko‘zda tutilgan.