Toshkentning «Bunyodkor» klubi Osiyo Chempionlar ligasi to‘rtinchi tur doirasida Eronning «Zob Axan» jamoasidan mag‘lubiyatga uchradi. 11 aprel kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:1 hisobi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdagi barcha gollar bosh bilan urildi. 5- va 55-daqiqalarda Vohid Muhammadzoda va Mortaz Tabriziy tomonidan urilgan golga 72-daqiqada Shahzodbek Nurmatov javob qaytara oldi.
Mazkur mag‘lubiyatdan so‘ng Sergey Lushan jamoasi Osiyo Chempionlar ligasidagi eng uzun g‘alabasiz seriyani yanada uzaytirdi — 4 durang va 14 mag‘lubiyat.
To‘rtinchi tur yakunlanganidan so‘ng «S» guruhida Saudiyaning «Al-Ahli» (8) va Eronning «Zob Axan» (7) jamoasi yetakchilik qilmoqda. BAAning «Al-Ayn» jamoasi (6) uchinchi, hisobida birorta ham ochko bo‘lmagan «Bunyodkor» oxirgi o‘rinni band etib turibdi.
Statistika
![](https://www.gazeta.uz/media/img/2017/04/fU6Wyi14919751662386_b.jpg)
![](https://www.gazeta.uz/media/img/2017/04/KfaMxn14919751661070_b.jpg)