10−12 may kunlari BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husayn boshchiligidagi BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston bilan BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan yo‘nalishlarda kelgusidagi aloqalarni muhokama etishdan iborat, deb xabar qildi O‘zA.
Zayd Raad al-Husayn BMTning Inson huquqlari bo‘yicha yettinchi oliy komissaridir. Diplomatiya sohasida yigirma yillik tajribaga ega. 2014 yilda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari etib tayinlangan.