Uzbek Tigers yarim professional jamoasi bokschilari Jahon boks {442fb6f9} (WSB) chorak finali birinchi uchrashuvida Cuba Domadores jamoasidagi raqiblari ustidan g‘alaba qozondi. Dastlabki besh jang 13 may kuni Samarqanddagi «Mo‘’jiza» amfiteatrida bo‘lib o‘tdi.
Foto: fb.com/uzbektigers.uz.
23 yoshli olimpiya chempioni Hasanboy Do‘smatov (14−0) 20 yoshli Olimpiya o‘yinlari-2016 bronza medali sohibi Xoanis Arxilagosga (11−5) qarshi ringga ko‘tarildi. Kubalik bokschi mazkur uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik {83e5c8fb} va ba’zi o‘rinlarda o‘zbekistonlik bokschiga qarshilik ham ko‘rsata oldi. Biroq hakamlar bir ovozdan g‘oliblikni Do‘smatov nomiga yozishdi 3:0 (50/45, 50/45, 48/47).
22 yoshli Olimpiada-2016 «bronza"si sohibi Murodjon Ahmadaliyev (3−2) 20 yoshli Xaver Ibanes (4−1) bilan kuch sinashdi. Jang murosasiz va hodisalarga boy o‘tdi. Chust vakili jangni muddatidan avval tamomlashga harakat qildi. Biroq raqib ham muvaffaqiyatli ravishda qarshi hujumga o‘tib turdi. Jang esa Ahmadaliyevning g‘alabasi bilan yakunlandi — 2:1 (49/46, 49/46, 47/48).
20 yoshli Osiyo chempioni Iqboljon Xoldorov (0−1) WSB’da 21 yoshli Endi Krusga (9−1) qarshi {612dfb6d} uchrashuvini o‘tkazdi. Bokschilar ehtiyotkorona harakat {b7a781fb}, juda kam zarba almashishdi. Tajribalik kubalik raqibiga nisbatan chaqqonroq va aniqroq harakat qilib, bellashuvni o‘z foydasiga yakunlay oldi — 0:3 (46/49, 46/49, 45/50).
Toshkentda o‘tgan Osiyo birinchiligida oltin medalni qo‘lga kiritgan 22 yoshli Isroil Madrimov (2−0) esa amaldagi jahon va Olimpiada chempioni 24 yoshli Arlen Lopes (15−4) qarshiligini yengib o‘tishi kutilayotgan edi. Raqibi uchun noqulay usulga ega Madrimov jangning ilk lahzalaridanoq hujumga o‘tib, bosim etkaza boshladi. Bokschilar mazkur jangda bor kuch-imkoniyatini safarbar qildi. Biroq o‘zbekistonlik bokschi nafaqat bellashuvda g‘alaba qozondi, {191fb32b} jangdan so‘ng g‘alabani salto bilan nishonladi ham — 3:0 (50/45, 49/46, 50/45).
Sanjar Tursunov (0−1) besh raundlik formatda ilk bor Olimpiada bronza medali sohibi Erislandi Savon (25−1) bilan bellashdi. Tajribali kubalik bokschi o‘zbekistonlikka o‘z boksini namoyon etishga yo‘l qo‘ymaydi va besh raund yakuniga ko‘ra g‘alaba qozondi — 0:3 (44/50, 46/49, 45/50).
Kecha natijalari:
49 kg: Hasanboy Do‘smatov — Xoanis Arxilagos — 3:0 (50/45, 50/45, 48/47);
56 kg: Murodjon Ahmadaliyev — Xaver Ibanes 2:1— (49/46, 49/46, 47/48);
64 kg: Iqboljon Xoldarov — Endi Krus— 0:3 (46/49, 46/49, 45/50);
75 kg: Isroil Madrimov — Arlen Lopes — 3:0 (50/45, 49/46, 50/45);
91 kg: Sanjar Tursunov — Erislandi Savon — 0:3 (44/50, 46/49, 45/50).
Qayd etib o‘tamiz, besh jangdan iborat javob uchrashuvi 19 may kuni Gavana bo‘lib o‘tadi. Ikkita jang natijalariga ko‘ra eng ko‘p ochko yiqqan jamoa turnir yarim finaliga chiqadi. Durang natijada (5:5) qo‘shimcha jang o‘tkaziladi.