Kelayotgan dam olish kunlari O‘zbekistonda havoning keskin isishi kutilmoqda, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
O‘zgidromet mаълуmотларигакўра, shanba, 17 iyun kuni Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat +42 darajaga ko‘tariladi. Toshkent, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida, shuningdek Farg‘ona vodiysi hududida — +35…+40 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida — +33…+38 daraja.
Respublikaning tog‘li hududlarida — havo o‘zgarib turadi, 16 va 19 iyun kunlari yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi, 17−18 iyunda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, 17 iyun kuni ayrim joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +9…+14, kunduzi 16−17 iyun kunlari — +23…+28, 18−19 iyunda — +18…+23 daraja issiq bo‘ladi.
FVVning qayd etishicha, shamol tezligining kuchayishi daraxtlarning qulashi, elektr tarmoqlarining uzilishiga olib kelishi mumkin. Vazirlik fuqarolardan ehtiyot choralarni ko‘rishni so‘ramoqda.