Samarqand markazidagi «Inturist» mehmonxonasining 11 qavatli binosi buzilishga topshirildi, deb xabar qildi STV mahalliy telekanali. Mazkur bino 11 yildan buyon faoliyat yuritmagan va avariyaviy holda edi.
Buzish taklifi yaqinda Samarqand viloyatiga uyushtirgan safarida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan aytilgan edi. Buzish ishlari Vazirlar Mahkamasi qarori bilan taxminan bir hafta avval boshlandi.
Mehmonxona o‘rnida nima qurilishi haqida hozircha xabar yo‘q. Viloyat hokimiyati ma’lumotlariga ko‘ra, qurilish tashkilotlaridan turli takliflar kelmoqda: turar joy binosi, favvorali bog‘, shuningdek yangi mehmonxona qurish takliflari.