Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Vebster universiteti (Sent-Luis, Missuri, AQSH) TATUda Amerika universiteti ta’lim tizimi asosida fakultet tashkil etish to‘g‘risida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda TATU saytida xabar qilindi.

27 iyun kuni OTMga Vebster universitetining akademik ishlar, xalqaro kampuslar va tashabbuslar bo‘yicha vitse-prezidenti Piter Maxer tashrif buyurdi. Tomonga TATUda «Axborot texnologiyalar (Informatika, kiberxafsizlik)» va «Media-kommunikatsiya (Televizion texnologiyalar)» yo‘nalishlarida bakalavriat dasturlarini joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

28 iyun kuni Piter Maxer axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish v. b. Sherzod Shermatov bilan uchrashdi. Uchrashuvda kadrlar tayyorlash sohasida ikki OTM o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Vebster universiteti xalqaro kampuslari orqali talabalar va o‘qituvchilar uchun almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish kabi masalalarda hamkorlik qilishga kelishildi.