Rustam Shoabdurahmonov O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘ta muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga molik ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash direksiyasi direktori lavozimiga tayinlandi.
29 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining shu haqdagi qarori tasdiqlandi, deb xabar bermoqda hukumat portali.
Rustam Shoabdurahmonov 2001—2005 yillarda Toshkent hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.
Direksiya hukumatning 15 iyundagi qarori bilan tashkil etildi. U o‘ta muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga molik ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha loyihalarga buyurtma berish, ularning sifatli amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish bilan shug‘ullanadi.