Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasi Chimyon tog‘larida qidirilayotgan Boris Kadatskiyni bedarak yo‘qolgan deb e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar qildi.
1967 yilda tug‘ilgan, Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi Boris Kadatskiy 5 iyulda yo‘qolgan edi. FVV xodimlari qidiruv ishlarini davom ettirmoqda.