O‘zbekiston Prezidentining 15 iyundagi qarori bilan 1 oktyabridan boshlab tabiiy gazni hisoblash uskunalari bo‘lmagan maishiy iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish, tabiiy gazga belgilangan tarif miqdorining ikki barobari qo‘llanilgan holda amalga oshirilishi to‘g‘risidagi o‘zgarish bekor qilindi.

Shunday qilib, gaz hisoblash uskunasi bo‘lmagan maishiy iste’molchilar yetkazib berilgan yonilg‘i uchun belgilangan tarif bo‘yicha to‘lashda davom etadi.

Xuddi shu qaror bilan maishiy iste’molchilarga tabiiy gazni hisoblash zamonaviy elektron uskunalarni o‘rnatish tartiblariga ham o‘zgartishlar kiritildi.

Dastlab «O‘ztransgaz» tomonidan o‘rnatilgan hisoblagichlar qiymatini maishiy iste’molchilar bir yil ichida to‘lashi belgilangan bo‘lsa, endilikda maishiy iste’molchilarga tabiiy gazni hisoblash zamonaviy elektron uskunalarini xarid qilish va o‘rnatish «O‘ztransgaz» AKning shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Kiritilgan o‘zgartishlarga birinchi bo‘lib Norma.uz sayti e’tibor qaratdi.