«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining Boeing 787 Dreamliner samolyoti 27 iyul kuni Toshkentdan Nyu-Yorkka ilk bor qo‘nishsiz parvozini amalga oshirdi.
Bortida 237 nafar yo‘lovchi bo‘lgan «Orzular layneri» Jon Kennedi xalqaro aeroportiga 12:15 da (Toshkent vaqti bilan 21:15) qo‘ndi. Parvoz 11 soatu 48 daqiqa davom etdi.
28 iyul kuni poytaxt aeroportida ortga qaytgan reysni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Jadval
«Toshkent-Nyu-York-Toshkent» to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlari payshanba kunlari (ortga qaytish reysi juma kuni yetib keladi) amalga oshiriladi.
NY 101
Toshkent 8:40 — Nyu-York 12:30
Parvoz davomiyligi — 12:50
NY 102
Nyu-York 15:00 — Toshkent 11:35 (juma)
Parvoz davomiyligi — 11:35