Prezident Laziz Tangriyevni O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori lavozimiga tayinladi. Bu haqda «Gazeta.uz"ga hukumatdagi axborot manbasi xabar qildi.
U mazkur lavozimga agentlikni 2013 yildan buyon boshqarib kelayotgan Omonulla Yunusov o‘rniga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Laziz Tangriyev G‘ofur Fulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgan.