O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi elchisi Alisher Shayxov 28 iyul kuni Londonga jo‘nab ketdi, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Alisher Shayxov (1956 yilda tug‘ilgan) — Toshkent davlat universiteti bitiruvchisi (1979 yil), mutaxassisligi iqtisodchi, iqtisodiyot fanlari nomzodi (1983). Bundan oldin 11 yil mobaynida— 2006 yilning aprelidan joriy yilning iyun охиригача — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasini boshqarib kelgan.