«O‘zbekiston» teleradiokanalining sobiq direktori Nodir To‘laganov Ozod Hamidxo‘jayev o‘rniga «O‘zbekiston 24» telekanali direktori etib tayinlandi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» sayti xabar qildi.

17 avgust kuni «O‘zbekiston» teleradiokanali direktori etib tayinlangan Xayrulla Nuriddinov yana Milliy teleradiokompaniya (MTRK) raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Raisning birinchi o‘rinbosari v. b. Bahodir Yunusov esa «O‘zbekiston» kanaliga rahbar etib tayinlandi.

Nusrat Hikmatullayev Shuhrat Rasulov o‘rniga texnik masalalar bo‘yicha MTRK raisi o‘rinbosari bo‘ldi.