O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligi hamda Qurbon hayiti nishonlanadigan 1 sentyabrda Toshkent jamoat transporti, jumladan metro o‘z ishini 4:00 dan boshlaydi. Bu haqda poytaxt hokimiyati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.
Erta tongdan Qurbon hayiti namozini o‘qishga otlanganlarga sharoit yaratib berish maqsadida jamoat transportining barvaqt yo‘nalishlarga chiqishi belgilandi.